Yadro urushi ehtimoli tezlashib ketdi — Ilon Mask
Yadro urushi ehtimoli tezlashib ketdi, deb yozdi Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Amerikalik tadbirkorning fikricha, yadroviy nizo xavfi so‘nggi paytlarda har qachongidan kuchaygan.
AQShda, shuningdek, Oq uy milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi intervyu berdi. Amerika razvedkasi Rossiya yadroviy zarbalar berishga tayyorlanayotganining hech qanday alomatlarini ko‘rmayapti, dedi u. Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari juda jiddiy kuzatuv olib boryapti, deb yozdi TASS.
«Vladimir Putin yadro qurolidan foydalanish qarorini qabul qilgani haqida yangi razvedka ma’lumotlari yo‘q. To‘g‘risini aytganda, u shunday qarorni qabul qilgani haqida bironta dalilga ega emasmiz. Strategik tiyib turish kuchlarimizning shaylik holatini o‘zgartirish uchun hech qanday asos ko‘rmayapmiz», — dedi Kirbi ABC telekanali jurnalisti bilan suhbatda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter