Ilon Mask siyosatdan ketadi

Amerikalik milliarder va X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask besh yildan so‘ng ham Tesla kompaniyasini boshqarishda davom etadi va siyosatdan asta-sekin uzoqlashadi, deb yozdi Xinhua.
Qatar iqtisodiy forumida virtual chiqish qilgan Maskdan besh yildan so‘ng o‘zingizni elektromobillar ishlab chiqaruvchisining bosh direktori sifatida ko‘rasizmi deb so‘rashganida u «Ha», deya javob berdi.
Xorij matbuotiga ko‘ra, tadbirkor kelajakda siyosatga aralashishni ancha kamaytiradi. Maskning fikricha, siyosatda yetarlicha ishlarni qilib bo‘ldi.
«Agar kelajakda siyosatga pul sarflash uchun sabab ko‘rsam, buni qilaman. Hozir esa sabablarni ko‘rmayapman», — dedi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter