Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda tender bahona 57 500 AQSh dollari o‘zlashtirildi

Xorazmda tender bahona 57 500 AQSh dollari o‘zlashtirildi

Foto: «NTV»

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida joriy yilning 25-oktyabr kuni tuman IIBga hujjatlar kelib tushdi.

Unga ko‘ra, Qirqyop qishlog‘ida yashovchi Sh.B. shu yil 8-iyul kunidan 13-iyul kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi Sh.Yu. rahbarligidagi korxonani o‘tkazilgan tenderda qatnashishi uchun yordam berishligini va buning uchun bankka pul to‘lash kerakligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 57 500 AQSh dollarini olib, shu kungacha bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Sh.B. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring