Xo‘jaobod tumaniga hokim tayinlandi
Xo‘jaobod tuman hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib, Mirzaolimov Akmaljon Aliyevich tayinlandi.
Akmaljon Mirzaolimov 1979 yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutining iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida fermer xo‘jaliklarida hisobchi, tijorat banki mutaxassisi, g‘aznachilik bo‘linmasi inspektori, viloyat hokimligi bosh mutaxassisi, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i va MFYda hokim yordamchisi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Ushbu lavozimga qadar Xo‘jaobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter