Xitoyda portlagan avtotsisterna qurbonlari soni kundan-kunga oshmoqda

Xitoyning Chjeszyan provinsiyasidagi avtomagistralda avtotsisterna portlashi natijasida halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi, jarohatlanganlardan 172 nafari shifoxonalarda davolanmoqa, deya ma’lum qildi yakshanba kuni Venlin shahar hokimi o‘rinbosari Chju Minlyan.
Avvalroq 18 kishi vafot etgani va 166 kishi jarohatlangani xabar berilgandi.
«Ayni vaqtga qadar voqea natijasida 19 kishi halok bo‘ldi, 172 kishi shifoxonalarda tibbiy yordam olmoqda», — dedi Chju Minlyan matbuot anjumanida.
Hodisa shanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 16:40 larda Taychjou okrugi Venlin uyezdidagi G15 «Shenyan-Xaykou» avtomagistralida sodir bo‘lgan. Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, suyultirilgan gaz ortilgan sisternali avtomobil avtomagistralda portlab ketgan. Kuchli portlash zarbidan sisterna havoga ko‘tarilgan. U yuz metrlar uchib borib avtomagistral yaqinidagi zavod binolari ustiga qulagan. Shundan so‘ng ikkinchi marta portlash sodir bo‘lgan.
Halokat sodir bo‘lgan avtomagistral yaqinidagi aholi yashaydigan hududdagi ko‘pgina binolar yakson bo‘lgan, odamlar vayronalar ostida qolib ketishgan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar, shifokorlar va politsiyachilar ishlamoqda. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter