Xitoyda SFTS virusi uyg‘ondi — yetti kishi vafot etgan
![Xitoyda SFTS virusi uyg‘ondi — yetti kishi vafot etgan](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3844185091.jpg)
Xitoyda kanalar orqali tarqaluvchi SFTS virusi qo‘zg‘aldi, bu haqda «Global Times» xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 60 kishi kasallikni yuqtirgan, shulardan yetti nafari vafot etgan. Virus avvaliga Szyansu provinsiyasida qayd etilgandi, keyinchalik Anxoy provinsiyasida yashovchilarda ham shu kasallik aniqlana boshlagan.
Kasallikka chalingan nankinlik ayolda yo‘tal, tana yuqori harorati kabi simptomlar kuzatilib, vrachlar uning qonida leykotsitlar va trombitsitlar miqdorining kamayishini qayd etishgan.
SFTS — yangi virus emas, ilk marta 2011 yilda qayd etilgan. Bu virus insonga kanalar orqali o‘tadi, o‘z navbatida, kasallangan odamdan boshqa odamga qon yoki shilliq ajratmasi orqali yuqishi mumkin, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter