Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqin kunlardagi ob-havo sabab tezkor axborot e’lon qilindi

Yaqin kunlardagi ob-havo sabab tezkor axborot e’lon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan tezkor ma’lumot e’lon qilindi.

Joriy yilning 15-18-fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

- Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring