Bir guruh xitoylik Toshkentda «ommaviy tadbir» o‘tkazdi. IIV buni rad qilib chiqdi

Bugun, 15-fevral kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Milliy bog‘ hududida bir guruh Xitoy fuqarolarining turli bayroq va shiorlar ko‘tarib, ommaviy tadbir o‘tkazgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holatga IIV matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov rasmiy munosabat bildirib, holatni «yolg‘on xabar» deb atadi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik fuqarolarning Toshkent shahar Chilonzor tumani Milliy bog‘da bannerlar bilan to‘planib, «miting» qilayotganliklari haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda», – deydi IIV rasmiysi Kun.uz tarqatgan xabarga munosabat bildirib.
Ma’lum qilinishicha, bir guruh xitoylik ekani aytilayotganlar «Huawei» kompaniyasi (Xitoy)ning ishchilari bo‘lib, doimgidek shanba va yakshanba kunlari yugurish aksiyasini o‘tkazganlar.
Bannerlarda esa xitoy tilida «Sport sog‘liq garovi, siz ham yugurib sog‘lom bo‘ling» degan yozuvlari mavjud bo‘lgan.
Shoxruh G‘iyosov, o‘z navbatida mahalliy idora va tashkilotlar ham mazkur holatdan o‘rnak olsa, arzirli tadbir ekanligini ta’kidlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter