Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy, Rossiya va Eron prezidentlari O‘zbekistonga keladigan sanalar ma’lum bo‘ldi

Xitoy, Rossiya va Eron prezidentlari O‘zbekistonga keladigan sanalar ma’lum bo‘ldi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 14—16 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Tashrif dasturiga muvofiq Samarqand shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi.  Uchrashuv yakunida Qo‘shma bayonot va salmoqli kelishuvlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15—16 sentyabr kunlari hamda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy 14—16 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev ikki davlat rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, tadbirda 8 ta a’zo mamlakat – O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston; 3 ta kuzatuvchi maqomidagi mamlakat – Belarus, Eron, Mo‘g‘iliston va 4 ta mehmon sifatida taklif etilgan mamlakat – Turkiya, Ozarbayjon, Turmaniston, Armaniston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring