Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy hukumati JSST ekspertlarini mamlakatga kiritmayapti

Xitoy hukumati JSST ekspertlarini mamlakatga kiritmayapti

Tedros Adhanom Gebreyesus.

Foto: EPA/UPG

Pekin Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalqaro ilmiy guruhi mutaxassislariga koronavirus kelib chiqishini o‘rganish uchun mamlakatga kirishlariga ruxsatnoma berishni paysalga solyapti. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus 5-yanvar kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Gebreyesusning aytishicha, Xitoy hukumati bilan kelishuvga ko‘ra, tadqiqot guruhi a’zolari o‘z mamlakatlaridan Xitoyga jo‘nab ketishgandi.

«Xitoy rasmiylari ushbu guruh uchun tegishli ruxsatnomalarni tayyorlash jarayonini oxirigacha yetkazmaganini bugun bildik va bundan afsusdamiz», — ta’kidladi Gebreyesus.

JSST ekspertlaridan biri — favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tashkilotchi direktor Maykl Rayan o‘z uyiga qaytib ketgan, yana bir mutaxassis vaziyat hal bo‘lishini tranzit mamlakatda kutyapti.

Maykl Rayan Pekin yuzaga kelgan vaziyatdan boxabar ekanini va masala yechimi yaqin soatlarda topilishiga umid bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring