Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi tashkil etiladi

Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi tashkil etiladi

Yuqori malakali, o‘z ustida doimiy ishlaydigan muallimlar faoliyatini yangi yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratiladi. Ularning ish haqi ham sezilarli darajada oshiriladi.

«Bunday fidoyi, o‘zining o‘qitish uslubiga, mahorat maktabiga, xalq orasida obro‘-e’tiborga ega o‘qituvchilar har bir tumanda bor.

Ular ichida Uchtepa tumani 81-maktab matematika o‘qituvchisi Raxmatilla Karimov, Kattaqo‘rg‘on tumani 11-maktab fizika o‘qituvchisi Sayyora Imomova, Xatirchi tumani 22-maktab biologiya o‘qituvchisi Shoxida Yo‘ldosheva kabi «xalq o‘qituvchilari»ni barchamiz yaxshi bilamiz», dedi Prezident va ushbu pedagoglarning boy tajribasidan samarali foydalanib, o‘qitish metodikasini keng ommalashtirish zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Bunday pedagoglarni faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash uchun Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi tashkil etiladi va unga dastlab budjetdan 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring