Xalq bankida muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketdi
AT Xalq bankida muammoli kreditlar salmog‘i oshib ketgani sababli, tijorat kreditlarini ajratish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda bank rasmiy kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, yaqin kunlarda qaytgan mablag‘lar hisobidan ushbu kreditlarni berish yo‘lga qo‘yiladi.
Davlat dasturlari doirasidagi imtiyozli kreditlar esa berilmoqda. Ma’lum qilinishicha, bu yo‘nalishdagi kreditlar muammoli kreditlari ko‘p bo‘lmagan va kreditlar o‘z vaqtida qaytayotgan filiallarda qaytgan mablag‘lar hisobidan beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter