Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki yangi xizmat turlarini taqdim etmoqda

Xalq banki yangi xizmat turlarini taqdim etmoqda

Foto: Bank matbuot xizmati

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan bugun, 29-may kuni «Bank faoliyatida zamonaviy axborot-texnologiyalarini yanada keng joriy etish, elektron bank xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish masalalari» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Anjumanda Xalq banki tomonidan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amaliyotga joriy etilgan yangi xizmat turlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, mijozlar o‘z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishlari mumkin bo‘lgan, internet banking, hisob-raqamlarni mobil aloqa vositasiga o‘rnatilgan maxsus dasturiy ta’minot orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarish imkonini beruvchi — «Korporativ Mobil banking» xizmat turlari tanishtirildi.

Bundan tashqari mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda bank tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy interaktiv xizmatlar jozibadorligini oshirish maqsadida «Internet banking» va «Korporativ Mobil banking» tizimlari foydalanuvchilari hisob raqamlaridan pul o‘tkazish jarayonida filial bosh buxgalteri ishtirokisiz hamda filial vakillik hisob raqamidagi mablag‘lar bo‘lish bo‘lmasligidan qat’i nazar amalga oshirishlari mumkin.

«Bugungi kunda Xalq banki tomonidan 30 mingdan ortiq mijozga masofadan turib, turli bank xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Jismoniy shaxslar tomonidan bank plastik kartalari va bank depozit hisob varaqlari bo‘yicha bank hisob varaqlarini masofadan boshqarish tizimlaridan, jumladan, muqobil to‘lov xizmatlari – CLICK, M-BANK, PAYMEdan foydalanuvchi mijozlar soni 3 millionga yetdi», – deydi Xalq banki Axborot texnologiyalari departamenti direktori Ulug‘bek Diyorov.

Foto: Bank matbuot xizmati

Xalq banki tomonidan elektron bank xizmatlari ko‘rsatish ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida yaqinda Tezkor xizmatlar markazi ishga tushirilgan edi. Anjuman davomida jurnalistlar ushbu markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu markazda yurtimiz moliya bozori talabidan kelib chiqib, zamonaviy bank xizmat turlari ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. Ushbu markazda tajribali xodimlar moliya bozori talabidan kelib chiqib, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda yangi bank xizmat turlarini ishlab chiqadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring