Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Voitov va Karimov ishi»ning dastlabki eshituvi yopiq sud majlisida o‘tkaziladi – Oliy sud

«Voitov va Karimov ishi»ning dastlabki eshituvi yopiq sud majlisida o‘tkaziladi – Oliy sud

Bir muddat oldin bugun, 15-avgust kuni sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga doir jinoyat ishini sud tartibida ko‘rish boshlanishi aytilgan edi.

Oliy sud matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bugun Toshkent shahar sudining binosida jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan A. Voitov (Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan) va boshqalarga hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituvida bo‘lgan X. Karimov (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi direktori lavozimida ishlagan) va boshqalarga oid jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish yuzasidan dastlabki eshituv o‘tkaziladi.

Dastlabki eshituv esa Jinoyat-protsessual kodeksining 405-6-moddasi talabiga muvofiq yopiq sud majlisida o‘tkaziladi.

«Qo‘shimcha ma’lumot va sud majlisi tayinlangan kun haqida axborot dastlabki eshituvni o‘tkazish natijalari bo‘yicha beriladi», – deyiladi Oliy sud matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring