Viktor Orban hokimiyatdan hali ketmoqchi emas
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban fuqarolik forumi faollari bilan uchrashuvda chiqishi chog‘ida hokimiyatda 2034-yilgacha qolishni rejalashtirayotganini aytdi.
Bu haqda Telex nashri xabar bermoqda.
«2018-yilgi saylovlardan so‘ng Bosh vazir o‘z lavozimida 2030-yilgacha qolishni rejalashtirayotganiga bir necha bor sha’ma qilgandi, ammo endi u 2034-yilni maqsad qilib qo‘ydi, urush va koronavirus pandemiyasi to‘rt yilni ko‘kka sovurganini aytgan», dedi nashr.
Bosh vazirning qayd etishicha, Ukrainadagi mojaro tufayli iqtisodiyotdagi qiyinchiliklar va Rossiyaga qarshi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli u rahbarlik qilayotgan Vazirlar mahkamasi va Fides-Vengriya fuqarolik ittifoqi partiyasining mashhurligi pasaygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter