Kiyev va Moskvadan so‘ng Viktor Orban Pekinga yetib keldi
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Pekinga yetib keldi. Bu haqda Orbanning matbuot xizmati xabar berdi.
«Tinchlikparvarlik missiyasi 3.0», — deb yozdi Orban X ijtimoiy tarmog‘ida joylagan postida. Postga aeroportda olingan foto ilova qilingan.
Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan Viktor Orban bungacha Kiyev va Moskvada bo‘lgandi.
Kiyev va Moskvaga tashriflarini xulosa qilarkan, Orban tomonlarning pozitsiyalari «bir-biridan juda uzoq»ligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter