VEON O‘zbekistonda raqamli operator konsepsiyasini ilgari surmoqda
O‘zbekiston poytaxtida birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda, uning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
TMIF – bu dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan 1500 dan ortiq kishi, boy biznes dasturi, panel sessiyalarida turli mavzularni muhokama qilish, tematik muhokamalar va davra suhbatlaridir. Forum ishtirokchilari orasida moliya institutlari, tashkilot va korporatsiyalar rahbarlari bor. VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi delegatsiyasi «Markaziy Osiyoda savdo oqimlarini o‘zgartirish va ularni kapitallashtirish» sessiyasi doirasida O‘zbekiston kelajagi haqidagi tasavvurlari bilan o‘rtoqlashdi.
VEON kompaniyalar guruhining bosh ijrochi direktori Kaan Terzio‘g‘lu o‘z nutqida davlatlarning rivojlanishida raqamlashtirish muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston hukumati biznes vakillari bilan konstruktiv muloqot olib bormoqda, bu mamlakatni raqamlashtirishning yuqori sur’atlarida namoyon bo‘lmoqda. Beeline Uzbekistan vakili bo‘lgan VEON guruhi zamonaviy raqamli mahsulotlarni joriy etish orqali respublika iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Kaan Terzio‘g‘lu ta’kidlaganidek, O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini joriy etish va ushbu soha uchun kadrlar tayyorlash salohiyati mavjud.
«Hozirda internetdan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi omillardan biri qamrovning yo‘qligi emas, balki mobil ta’lim va sog‘liqni saqlash, raqamli davlat xizmatlari kabi asosiy sohalarda mahalliy xizmatlar va kontentning yo‘qligidir. VEON o‘zi mavjud bo‘lgan mamlakatlarda raqamli mahsulotlarni yaratishga sarmoya kiritib, barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoit yaratish bo‘yicha hukumatlarning ishonchli hamkoriga aylanadi», – dedi Kaan Terzio‘g‘lu.
VEON nafaqat milliy aloqa operatorlarining infratuzilmasini rivojlantirishga sarmoya kiritadi. Mablag‘lar ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga, jumladan, ta’lim sohasida, IT-mutaxassislardan – Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolaridan mahalliy «raqamli elita»ni yaratishga yo‘naltirilgan. O‘zbekistonda hukumatning biznes ehtiyojlarini qondirish va investitsiya muhitini yaxshilashga tayyorligi VEON kompaniyasining «Raqamli O‘zbekiston» loyihasiga muvofiq ishlashi uchun yangi rag‘batlarni yaratadi.
VEON rahbarlari nafaqat TMIF ekspertlari bo‘lishdi. Beeline Uzbekistan raqamli hamkor sifatida Beeline TV platformasida forum tadbirlarining onlayn translyasiyasini ham tashkil etdi.
***
«Unitel» MChJ 2006 yilning 12 sentabrdan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON 9 mamlakatda 217 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
«Beeline Uzbekistan»da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.
Сайт: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter