Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik huzuridagi agentlikka rahbar tayinlandi

Vazirlik huzuridagi agentlikka rahbar tayinlandi

Qo‘ziyev Tursunali Karimjonovich 2021 yil 5 noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Tursunali Ko‘ziyev Toshkent davlat san’at institutini tamomlab, o‘z mehnat faoliyatini Surxondaryo viloyati Madaniyat fondi raisi, keyinchalik P.Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurti direktori sifatida davom ettirdi.

2017 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining ilmiy-ijodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ish olib borgan.

Tursunali Qo‘ziyev «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» faxriy unvoniga ega, shuningdek, Vetnam, Ukraina, Rossiya, Yaponiya, Eron, Misr davlatlarining qator orden va medallari bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring