Vazirlar Mahkamasida shtab tashkil qilinadi
Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyatiga ilg‘or tajribalar asosida qishloq xo‘jaligining har bir tarmog‘ini rivojlantirish, sohaga innovatsiyalarni olib kirish bo‘yicha takliflar va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqib, taqdimot qilish topshirildi.
Bugun belgilab berilgan vazifalar ijrosi uchun mas’uliyatni, intizom va nazoratni kuchaytirish talabi qo‘yildi.
Topshiriqlar ijrosini muvofiqlashtirish uchun Vazirlar Mahkamasida shtab tashkil qilinadi. Shtabda kunlik nazorat va haftalik muhokama qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
«Har bir rahbar samaradorlik va talabchanlikni sezishi kerak, qog‘ozdagi raqamlar amaliy natijaga aylanishi shart va zarur», — dedi Prezident so‘zining yakunida.
Yig‘ilish davomida qishloq xo‘jaligi mas’ullari va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter