Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlari soni qisqartiriladi

Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlari soni qisqartiriladi

Foto: «Huquqiy axborot» kanali

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga ko‘ra:

  • Vazirlar Mahkamasining apparatining asosiy yo‘nalish va vazifalari belgilandi;
  • Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasidagi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamenti va Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti tugatildi;
  • Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasida Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlash masalalari bo‘limi tashkil qilindi va Bosh vazir apparatining, Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamentining tegishli shtat birliklari ushbu bo‘lim tuzilmasiga o‘tkazildi;
  • Elektron hukumat telekommunnikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari axborot-tahlil departamenti, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari axborot-tahlil departamenti tashkil qilindi;
  • Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasini optimallashtirish maqsadida boshqaruv xodimlari soni 44 nafarga qisqartiriladi;
  • Vazirlar Mahkamasi apparatining ma’lum ilmiy darajalarga ega xodimlariga lavozim maoshining 30-35 foizi miqdorida oylik ustama to‘lanadi;
  • ikki oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbar va mutaxassislari egallab turgan lavozimiga munosib ekanini baholash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring