Andijonda yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarilgan yerto‘la aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.J. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Obod MFY hududidagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda yasalgan moyjuvoz uskunasi yordamida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarib kelayotganliklari aniqlanib, sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan 400 kg. yog‘ mahsuloti, 23,5 tonna chigit va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter