V Islom birdamligi o‘yinlarida dastlabki medal qo‘lga kiritildi
Bugun Turkiyaning Ko‘nyo shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari boshlandi.
Trek dasturida bahs olib borgan o‘zbekistonlik velosportchilar Ko‘nyo-2021 Islom birdamligi o‘yinlaridagi ilk medalga mualliflik qilishdi.
Ayollar o‘rtasida skretch bo‘yicha guruh poygasida ishtirok etgan Sofiya Karimova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ushbu dasturda ishtirok etgan boshqa bir sportchi Nafosat Ko‘ziyeva esa 10-bo‘lib marraga yetib keldi.
Ma’lumot uchun, V Islom birdamligi o‘yinlarida dunyoning 57 ta mamlakatidan sportchilarning ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlar Turkiyaning Ko‘nyo shahridagi 8ta inshootda o‘tkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter