Uzbekistan Airways samolyoti mast yo‘lovchi sabab Sankt-Peterburgga qo‘ngandi. Kompaniya qancha zarar ko‘rgani aytildi
Joriy yilning 11-dekabrida Toshkent vaqti bilan 07:35 da Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan HY102 reysida 32 yoshli O‘zbekiston fuqarosi mast holatda janjal ko‘targani va zo‘ravonlik sodir etgani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur reys yuqoridagi holat sabab Sankt-Peteruburgdagi «Pulkovo» aeroportiga favqulodda qo‘ndirilgan va zo‘ravon fuqaro mahalliy politsiya xodimlari tomonidan reysdan olib qolingan.
IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti samolyotning majburiy qo‘nishi oqibatida Uzbekistan Airways kompaniyasi qancha zarar ko‘rgani haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, samolyotning «Pulkovo» aeroportiga majburiy qo‘nishi O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasi budjetiga 22 244 AQSh dollariga teng zarar yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan zo‘ravon fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter