Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzbekistan Airways 20ga yaqin samolyot va vertolyotlarini sotuvga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways 20ga yaqin samolyot va vertolyotlarini sotuvga qo‘ymoqda

Davaktiv agentligi tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, «Uzbekistan Airways» AJning ayrim samolyotlari turi va rusumini inobatga olib, lotlarga bo‘lgan holda sotish jarayonlarini tashkillashtirish uchun xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi tanlab olinishi yuzasidan tanlov e’lon qildi.

Talabgorlardan tijorat takliflarini joriy yil 29-avgust kuni soat 18:00 ga qadar taqdim etishlari so‘ralmoqda.

Qayd etilishicha, Prezidentning 2021-yil 18-martdagi “Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, «Uzbekistan Airways» AJning ayrim samolyotlari sotilishi belgilangan.

Sotish jarayoni havo kemalari bozorining tarmoq va individual xususiyatlaridan kelib chiqib hamda O‘zbekiston qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda eng maqbul xorijiy tajribaga muvofiq tashkil etiladi.

Xabarda aytilishicha, 18 ta havo kemasi va 1 ta simulyator 6 ta lotlarga bo‘lingan holda sotuvga qo‘yiladi. Shu bilan birga konsultantning tavsiyalari asosida bozor talablari va tahlil natijalariga muvofiq lotlar tarkibi o‘zgartirilishi mumkin.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring