Uysiz qolishdan qo‘rqqan er o‘z xotinini ilon yordamida o‘ldirdi
Hindistonning Kerala shtatida er xotini yotgan xonaga kobrani kiritib, uni o‘ldirdi, deya xabar berdi «India Today» nashri.
Politsiyaning taxmin qilishicha, Suraj ismli erkak xotini Utraga ikki marta tajovuz qilgan. Birinchisi 2-mart kuni sodir bo‘lgan. O‘shanda u turmush o‘rtog‘ining yotog‘iga zanjirli ilonni (gadyuka) bildirmasdan kiritib yuborgan. Zaharli ilon chaqqan ayol shifoxonada ikki oy davolanishga majbur bo‘lgan. Hujumdan so‘ng o‘ziga kelib olishi uchun ayolni ota-onasining uyiga olib borishgan. 7-may kuni 27 yoshli Suraj xotini bilan birga qoladi va uxlab yotgan ayoliga kobrani otadi. Bu safar ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.
Bu voqeadan ko‘p o‘tmay Suraj xotinining mol-mulkiga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritishga uringan. Bu esa tabiiyki marhumning ota-onasida shubha uyg‘otgan.
Tergov davomida aniqlanishicha, fojiadan sal oldin Suraj zaharli ilon egalari bilan qo‘ng‘iroqlashgan, shuningdek, internet orqali sudralib yuruvchilarning harakatini o‘rgangan.
Huquq-tartibot xldimlarining so‘zlariga ko‘ra, Suraj xotini bilan ajrashgan taqdirda mol-mulksiz qolish qo‘rquvi jinoyat sodir etishga sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter