Uy sharoitida Afrika sheri boqilayotgani ma’lum bo‘ldi
Toshkent tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga Toshkent tuman IIB xodimi tomonidan shu tumanda yashovchi fuqaro o‘zi yashayotgan uy hovlisida Afrika sherining bolasini hech bir xavfsizlik qoidalariga amal qilmay boqishi ushbu yirtqich jonivor bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning oldini olishi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
Qayd etilishicha, poytaxtda doimiy ro‘yxatda turgan, 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro Afrika sherining bolasini boqayotgani ma’lum bo‘lgan. O‘rganishlar davomida fuqarodan ushbu sher bolasini olib kelish, saqlash kabi holatlar bo‘yicha kerakli hujjatlar so‘ralganda hech qanday hujjatlari yo‘qligini aytib, o‘zining qiziqishi tufayli hovlisida boqishini bildirgan.
Toshkent tumani Ekologiya bo‘limi inspektorlari tomonidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirildi va vaqtincha saqlash uchun sher bolasi «STEPPE TURTLES» f/x pitomnigiga sud qarori qabul qilinguniga qadar topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter