Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanoat korxonalaridagi baxtsiz hodisalar sabab 5ta o‘lim qayd etilgan

Sanoat korxonalaridagi baxtsiz hodisalar sabab 5ta o‘lim qayd etilgan

Joriy yilda sanoat korxona va tashkilotlarida jami 15ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Uning 5tasida o‘lim holati qayd etilgan. 

Bu haqda AOKAda Ko‘mir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi mutasaddilari anjumanida xabar berildi.

Joriy yil boshidan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi Ko‘mir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari tomonidan nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda jami 444 ta davlat nazorati va 1150 ta nazorat-profilaktika ishlari o‘tkazilib, 5931 ta sanoat xavfsizligi, hamda konchilik ishlarini va yer osti boyliklaridan bexatar foydalanish talablari va qoida buzilishlari aniqlandi.

Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida avariyalar va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida 12 holatda xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida ishlar vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi va ishchilar bexatar joyga olib chiqilgan.

Shunga qaramasdan, Ko‘mir, kon-ruda va noruda sohalarida sanoat xavfsizligi inspeksiyasi nazorat ostidagi korxona va tashkilotlarda jami 15 ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan. Ulardan 1 tasi guruhiy, 2 tasi yengil, 7 tasi og‘ir va 5 tasi oqibati o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalardir.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring