«Urushga yetmay portlagan harbiy samolyot» 13 kishining yostig‘ini quritdi
Rossiyaning Yeysk shahrida yong‘indan keyin vayronalarni tozalash ishlari yakunlandi va 13 kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.
Yeyskda Su-34 qiruvchi samolyoti halokatga uchraganidan keyin turar-joy binosi vayronalari tozalandi. Halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
«Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yana 10 kishining jasadi topildi. Shu tariqa halok bo‘lganlarning umumiy soni 13 kishini tashkil etdi, ulardan 3 nafari bola», — deyiladi vazirlik xabarida.
Hodisa natijasida 19 kishi tan jarohati oldi, 68 kishi qutqarilgan. Ko‘p qavatli uydan 360 dan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Yeyskdagi harbiy samolyot halokati oqibatida dastlab uch kishi kishi halok bo‘lgani aytilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter