Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umidjon Barnoyev Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Umidjon Barnoyev Buxoro tumani hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Umidjon Barnoyev.

Barnoyev Umidjon Isoyevich Buxoro tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyati hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Umidjon Barnoyev koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning ukasi hisoblanadi.

Umidjon Barnoyev — 1970-yil 12-iyulda Romitan tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1996-yilda Buxoro Oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi (hozirgi Buxoro muhandislik-texnologiya) institutini hamda 2000-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — muhandis-mexanik, huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 1998-yilda Buxoro viloyati Adliya boshqarmasida sud ijrochisi sifatida boshlagan. Faoliyati davomida Toshkent shahar prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimi (2004−2013), «O‘zpaxtasanoat» aksiyadorlik jamiyati yuridik boshqarmasi huquqshunos maslahatchisi (2018) sifatida ishlagan.

2018−2020-yillarda esa «Safari Vogue» innovatsion turizm klasteri direktor o‘rinbosari, 2020-yildan mazkur MChJning bosh direktori lavozimida ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring