Ukrainadan o‘zbek haydovchilari olib chiqildi – TIV
Internet makonida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan haydovchilardan Ukraina hududida majburiy foydalanilganiga oid ma’lumotlar tarqalayotgani munosabati bilan TIV rasmiy vakili quyidagilarni ma’lum qildi.
«O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan ushbu vatandoshlarni harbiy harakatlar bo‘layotgan hududlardan evakuatsiya qilish masalasi muvaffaqiyatli ishlab chiqildi, ularga har tomonlama huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Ayni paytda O‘zbekiston fuqarolari Vatanga qaytmoqdalar», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter