Rossiya va Ukraina o‘rtasida yirik mahbus almashinuvi yakunlandi

Bugun Moskva va Kiyev o‘rtasida Istanbul kelishuvlari doirasida «1000 ga 1000» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashishning yakuniy bosqichi amalga oshirildi. Tomonlar 303 nafar harbiy xizmatchini bir-biriga topshirdilar.
«Ushbu almashinuv muvaffaqiyatli o‘tishi uchun kechayu kunduz ishlagan jamoaga rahmat. Biz barchani albatta qaytaramiz», – deb yozdi Vladimir Zelenskiy Telegram-kanalida.
Ayirboshlashning avvalgi ikki bosqichi 23 va 24 may kunlari bo‘lib o‘tgan edi. Birinchi kuni tomonlar 270 nafar harbiy xizmatchi va 120 nafar fuqaroni almashgan bo‘lsa, ikkinchi kuni har biri 307 kishidan ayirboshlagan.
Eslatib o‘tamiz, 16 may kuni Turkiyada Ukraina va Rossiya vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda tomonlar keng ko‘lamli mahbus almashish bo‘yicha kelishib olgan edilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter