Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada tarixiy ob’yektlar ham vayron bo‘lmoqda

Ukrainada tarixiy ob’yektlar ham vayron bo‘lmoqda

Rossiyaning hujumlari Ukrainada tarixiy ob’yektlarni vayron qilmoqda.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bugungi Rossiyaning raketali hujumlari Ukrainada oddiy turar joy binolariga, tarixiy va madaniy ob’yektlarga katta zarar yetkazgan. Odessadagi tug‘uruqxonaga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba berilgan. Shuningdek, Odessa kinofilmi studiyasi jiddiy shikastlanib, o‘nlab yillik tarix yo‘q bo‘lgan. Kiyevda esa Sofiya sobori fasadi portlash natijasida qisman vayron bo‘lgan.

«Kim tarixni haqiqiy tushunadi, kimda nasroniylikka haqiqiy ehtirom bor – ular uchun Sofiya kabi muqaddas joyga yetgan tahdid yoki shikastning o‘zi yetarlicha fojea. Ammo bu Rossiya uchun emas. Ular uchun faqat halokat bor. Ular hech narsa yaratmaydi va hech narsa qoldirmaydi. Buni to‘xtatish kerak. Faqat Ukraina emas, butun dunyo tinchlik uchun Rossiyani to‘xtatishi shart», – deya so‘zini yakunladi Zelenskiy.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring