Ukraina Leonid Brejnevning faxriy unvonini bekor qildi
Ukraina poytaxti Kiyev shahar kengashi SSSRning 1964-82-yillarda boshqargan Leonid Brejnevni faxriy fuqaro unvonidan mahrum qildi.
Brejnev Ukraina poytaxtining faxriy fuqarosi unvoniga sazovor bo‘lgan birinchi shaxs edi.
U ushbu unvonni 1982-yil may oyida olgandi, o‘sha yilning noyabr oyida esa Bosh kotib vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, Leonid Brejnev 1906-yilda hozirgi Ukrainaning Kamenskoye shahrida dunyoga kelgan. U SSSRni boshqargan ikki ukrainalikdan biri (birinchisi Nikita Xrushchyov) sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter