UEFAga 2021 yil oxirigacha xalqaro turnirlarni o‘tkazmaslik tavsiya qilindi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) UEFAga 2021-yil oxirigacha belgilangan barcha xalqaro turnirlarni o‘tkazmaslikni tavsiya qildi, deyiladi «Sports.ru» xabarida.
Manbaga ko‘ra, ushbu taklif 16-aprel kuni UEFA va Yevropaning yetakchi klublari bilan o‘tkazilgan, rejalashtirilgan bir soat o‘rniga ikki yarim soat davom etgan videokonferensiyada berilgan.
«Ikki nafar epidemiologning taqdimotidan so‘ng JSST ushbu tavsiyani berdi. Mutaxassislarga ko‘ra, yanagi yili koronavirusning ikkinchi to‘lqini xavfi kutilmoqda, shu boisdan JSST futbol turnirlarini o‘tkazmaslik lozim deb hisoblaydi», — yozadi «Placar».
Xabarga ko‘ra, tomonlar bir to‘xtamga kelisha olmagan. Qolaversa, JSST yuridik jihatdan UEFAga va uning taqvimlariga ta’sir ko‘rsatish huquqiga ega emas, futbol rahbariyati bu tavsiyalarni bajarishga majburmas. Qolaversa, JSST tavsiyasi faqat yevrokuboklar va terma jamoalar o‘yinlariga taaalluqlimi yoki milliiy chempionatlarni ham ko‘zda tutadimi — noma’lum.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, UEFA 21-aprel kuni milliy assotsiatsiyalarga 2019/2020-yil mavsumining milliy chempionat va kubok o‘yinlarini oxiriga yetkazib qo‘yishni tavsiya qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter