UEFA «Real»ning to‘rt futbolchisini jazolashi mumkin

UEFA «Real Madrid»ning to‘rt nafar futbolchisi — Mbappe, Vinisius, Sebalios va Ryudiger ustidan ish ochdi.
Ushbu da’voni qo‘zg‘atgan «Atletiko» (Madrid) taqdim etgan to‘rtta videoyozuvda «Real» futbolchilari: Ryudiger va Vinisius raqib jamoa muxlislariga nomaqbul ishoralar qilishgani aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, YChL nimchorak finalida ushbu jamoalar to‘qnashib, «Real» penaltilar seriyasidagi g‘alaba evaziga chorak finalga yo‘llanma olgandi.
«Real» chorak finalning ilk o‘yinini 8-aprel kuni «Arsenal»ga qarshi mehmonda o‘tkazadi. UEFA jiddiyroq chora ko‘rsa, yuqoridagi futbolchilar (yoki ayrimlari) ushbu o‘yinni o‘tkazib yuborishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter