Uchta zapravkada 34,5 mlrd. so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi
Toshkent shahri va viloyatidagi 3 ta AGTKSh 34 mlrd 640 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda «O‘zenergoinspeksiya» xabar bermoqda.
Joriy yil 1 dekabr kuni inspeksiyaToshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:
Toshkent shahrinig Bektemir tumanida joylashgan «T.V.G.» MChJ, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan «O.Ye.G.» MChJ va «P.O.» MChJlarga qarashli AGTKShlar tomonidan gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalari o‘zgartirilganiligi ma’lum bo‘ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur 3 ta shoxobcha tomonidan davlat manfaatlariga jami 34 mlrd. 640 mln. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.
Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter