Poytaxtning ikki tumanidagi ayrim hududlari vaqtincha gazsiz qoldi

Bugun, 9-aprel soat 10:00 dan 17:00 (18:00) gacha poytaxtning Chilonzor va Yangihayot tumani ayrim joylarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli vaqtinchalik gaz o‘chiriladi.
Bugun ushbu hududlarda mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib boradilar.
Shu munosabat bilan quyidagi hududlar vaqtinchalik gazsiz qoldi:
Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) «Mehrjon» va «Botirma» mahallalaridagi 28 ta ko‘p qavatli bino va 18 ta ulgurji iste’molchi;
Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) «Yangi gulzor» va «Chortoq» mahallalari; shuningdek, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi «To‘rtqo‘rg‘on» va «Yangi turmush» mahallalaridagi jami 1 243 ta yerli xonadon va 6 ta ulgurji iste’molchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter