Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchta OTMga yangi rahbarlar tayinlandi

Uchta OTMga yangi rahbarlar tayinlandi

Uchta oliy ta’lim muassasasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Ilhomjon To‘xtasinov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Samarqand davlat chet tillari institutining rektori edi.

Shaxnoza Sultonova Toshkent shahridagi Belarus–O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

Jahongir Qarshiboyev Guliston davlat pedagogika insituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u mazkur institutda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring