Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch hududda aholi orasida infeksiya qayd etildi. 7 kishi o‘ta og‘ir ahvolda

Uch hududda aholi orasida infeksiya qayd etildi. 7 kishi o‘ta og‘ir ahvolda

2020-yil 26-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7228 (+51) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 22 nafari Xorazm viloyatida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida, 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 7 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), qolgan 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 4877 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2331 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 19 nafari og‘ir, 7 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring