Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ucell»ning Alisher Usmonov nazoratidagi kompaniyaga sotilishi rad etildi

«Ucell»ning Alisher Usmonov nazoratidagi kompaniyaga sotilishi rad etildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Rossiyaning «Megafon» kompaniyasi «Coscom» uyali aloqa operatorini (Usell brendi) sotib olgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Operator sotilishi haqidagi ma’lumot bugun ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim internet saytlarida paydo bo‘lgandi.

«Yuz foiz davlat ulushi bizning qo‘lda, hech narsa sotilmadi», — deya agentlik vakili «Kun.uz»ga izoh bergan. Shuningdek, aniqlik kiritilishicha, davlat operatorni sotishni rejalashtirmayapti hamda sotuv bo‘yicha muzokaralar olib bormayapti.

«Coscom» 1996-yil aprel oyida tashkil etilgan. 2007-yil iyul oyida «Telia Company» shved-fin shirkati kompaniyaning asosiy aksiyadoriga aylandi. Hozirgi kunda kompaniyada 1250 ga yaqin xodim ishlaydi, abonentlar bazasi 7,1 mln kishi. 

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonovning «USM Holdings»i «Megafon»ning nazorat qiluvchi aksiyadori hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring