Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov saylanganining ertasigayoq FIE prezidentligidan ketdi

Alisher Usmonov saylanganining ertasigayoq FIE prezidentligidan ketdi

Foto: ASIA-Plus

Milliarder Alisher Usmonov o‘z ixtiyori bilan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidagi faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda FIE sayti xabar berdi.

Unda aytilishicha, Alisher Usmonov tashkilot samarali ishlashini ta’minlash maqsadida shunday qarorga kelgan. 2024-yil 1-dekabr kuni yig‘ilish o‘tkazgan FIE ijroiya qo‘mitasi federatsiyaning uzluksiz faoliyatini ta’minlash maqsadida Usmonovning qarorini qabul qilgan va ratifikatsiya qilgan. Emmanuel Katsiadakis federatsiyaning vaqtincha rahbari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, 30-noyabr kuni Toshkentda Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga saylovda Alisher Usmonov g‘alaba qozongan edi. Uning nomzodi yuzdan ortiq davlat milliy federatsiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi.

71 yoshli Alisher Usmonov 2008-yildan 2022-yilgacha FIE rahbari bo‘lgan. Ukrainadagi urush boshlangach, o‘ziga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar ortidan ushbu lavozimni tark etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring