Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov besh oyda 3,7 mlrd dollarga boyidi

Alisher Usmonov besh oyda 3,7 mlrd dollarga boyidi

Foto: RBK

Rossiyalik eng katta tadbirkorlarning boyligiga 2025-yil boshidan buyon $22,5 mlrd qo‘shildi, Bloomberg Billionaires Index shuni ko‘rsatmoqda.

Yil boshidan beri eng boyigan rossiyalik — «Nornikel» prezidenti Vladimir Potanin. Uning kapitaliga $3,82 mlrd qo‘shilib, jami 31,7 mlrd bo‘ldi.

«Metalloinvest» aksiyadori Alisher Usmonov ham salkam shunchaga boyidi: uning kapitali $3,7 mlrd.ga oshib, jami $16,9 mlrd.ni tashkil etmoqda.

Bloomberg «Milliarderlar indeksi»ni 2012-yildan buyon tuzib keladi. Reytingga jahonning eng boy 500 kishisi kiritiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring