Ucell. Texnik bo‘limning ko‘rinmas qahramonlari
![Ucell. Texnik bo‘limning ko‘rinmas qahramonlari](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1717632532.jpg)
Ular eng xavfli cho‘qqilarni zabt etadilar, har qanday ob-havo sharoitlarini yengib o‘tadilar, aloqa o‘rnatadilar va dunyo tarmoqlarini ulay oladilar. Fantastika filmlaridagi super qahramonlar deysizmi?
Yo‘q, so‘z Ucell uyali aloqa kompaniyasining muhandislari haqida.
Qizil va oq rangli minoralar shahar va qishloq landshaftining ajralmas bir qismiga aylanib qolgan.
Ko‘pchilik uchun bu faqat antennalar.
Har qanday uyali aloqa kompaniyasi uchun ana shu «antennalar»: siz bilan bizning barqaror va uzluksiz aloqamiz kafolati. Shuning uchun texnik bo‘limning ishi strategik ahamiyatga ega.
Har kuni COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) butun mamlakat bo‘ylab abonentlardan qo‘ng‘iroqlar qabul qiladi. Mintaqaviy rahbarlar va muhandislar vaziyatni o‘rganish, mavjud baza stansiyasini optimallashtirish yoki yangisini o‘rnatish imkoniyatlari ko‘rib chiqish uchun joylariga boradilar.
Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi va o‘z yechimini topadi. Bugungi kunda karantin va harakatni cheklash sharoitida bunday uchrashuvlar, ayniqsa qiyin, ammo texnik bo‘lim xodimlari faoliyatni davom etib, aloqalar har doim bo‘lishi uchun harakatdalar.
Eng yaxshi aloqa sifati uchun
Yil boshidan beri Ucell uyali aloqa operatori mutaxassislari tarmoq qoplamini va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi.
Ushbu ishlar oddiy foydalanuvchi uchun ham sezilarli. Aniqlik kiritish uchun uchun ba’zi statistik ma’lumotlarni keltiramiz.
Respublika bo‘ylab 185ta yangi zamonaviy zamonaviy baza statsiyalari foydalanishga topshirildi:
154 – LTE simsiz keng qoplamli aloqa stansiyalari;
22 – yangi GSM uyali aloqa stansiyalari;
6 – 3G uyali aloqa stansiyalari;
3 – yangi 5G avlod mobil aloqa stansiyalari maqsadli sinovlar o‘tkazish uchun.
Yil boshidan buyon mamlakatda kompaniyaning 200 dan ortiq aloqa vositalari deyarli to‘liq modernizatsiya qilindi. Mavjud 75 ta 3G stansiyasi va 200 dan ortiq LTE tayanch stansiyalarining sig‘imi kengaytirildi. Radio tarmoq optimallashtirildi.
287ta radioto‘lqinli aloqa liniyalarida transport kanallar sig‘imi oshirildi. Radioto‘lqinli aloqa liniyalari, optik tolali bilan bir qatorda, 2G, 3G, 4G va 5G standartidagi asosiy stansiyalaridan katta hajmdagi ma’lumotlar uzatilishini ta’minlaydi. Radioto‘lqinli liniyalari asosan transport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan chekka joylarda yoki optik tolali aloqa liniyalarni qurish qiyin bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi.
Bundan tashqari 2020 - 2022 yillarda tarmoqni rivojlantirish va takomillashtirish rejalari ishlab chiqildi.
Karantin paytida nima o‘zgardi?
Karantinda texnik xizmat ko‘rsatish va avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar kuchaytirildi, bir-biri bilan bevosita aloqada bo‘lmaydigan mustaqil tezkor guruhlar tuzildi. Barcha jamoalar transport vositalari, kerakli miqdordagi materiallar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlangan. Ushbu bo‘linish ishlarning samaradorligi va hajmini saqlab qolgan holda, xodimlarning o‘zaro aloqalarini kamaytirishga imkon beradi.
Texnik xodimlarning aksariyati uzoqdan ishlashga o‘tkazildi, shuning uchun ish rejasiga ba’zi bir o‘zgarishlar kiritildi.
Bugun barchamiz uchun aloqa tarmog‘i – bu yaqinlar bilan muloqot qilishning, mamlakat va dunyodagi eng so‘nggi voqealardan xabardor bo‘lishning yagona yo‘li. Butun mamlakat bo‘ylab minglab ofis ishchilari masofaviy ish tarziga, talaba va o‘quvchilar masofaviy o‘qishga o‘tkazildi. Bularning barchasi internet-trafik hajmiga ta’sir ko‘rsatdi. Yuklama oshgani sababli tarmoqning sifat ko‘rsatkichlari ustidan nazorat kuchaytirildi, kompaniya abonentlarining so‘rovlariga tezkorlik bilan javob berish choralari ko‘rildi.
Kompaniya uchun bu karantindagi birinchi tajriba. Harakatlanish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan department uchun bu dadil va jiddiy sinovdir. Biz sizga texnik bo‘limning oson bo‘lmagan ishini tasvirlashga harakat qildik.
Har kuni Ucell mutaxassislari jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizning har bir burchagiga yetkazish uchun ishlaydi. Ucell hayotning eng yaxshi sifati hamma uchun foydali va har yerda mavjud bo‘lishiga intiladi.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter