Ucell kompaniyasi ko‘magida TATUda yangi auditoriya ochildi (video)
Joriy yilning 17 oktyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) Ucell kompaniyasi ko‘magi bilan to‘liq yangilangan auditoriyaning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatning eng yirik mobil operatori texnik yechimlarni ishlab chiqish, auditoriyaning noyob dizaynini yaratish, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash va ta’mirlash kabi ishlarni o‘z ichiga olgan loyiha uchun moliyaviy yordam ko‘rsatdi.
Yangi auditoriya 96 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, 100 dyuymli sensorli ekran, sensorli interaktiv o‘qituvchi podiumi va zamonaviy akustik tizim bilan jihozlangan. Bularning barchasi qulay mebellar bilan birga talabalarning ta’lim jarayonini zamonaviy telekommunikatsiyalar talablariga muvofiq tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.
Joriy yil davomida Ucell O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda axborot texnologiyalari sohasidagi davlat dasturlari va tashabbuslarini amaliy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchta yirik loyihani amalga oshirmoqda.
Jumladan, iyul oyidagi birinchi loyiha ham ta’lim bilan bog‘liq bo‘lib, Ucell kompaniyasi O‘zbekistonning qizlardan iborat dasturchilar jamoasiga Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan «European Girls Olympiada in Informatics»da (Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi) ishtirok etishida yordam berdi. Ma’lumot uchun, qizlar Niderlandiyadan bronza medali bilan qaytishdi.
Uchinchi mintaqaviy loyihaga kelsak, kompaniya uni amalga oshirgandan keyingina tafsilotlarni oshkor qilishga tayyor, chunki Ucell kompaniyasi o‘z rejalari haqida emas, balki amalga oshirgan ishlari haqida gapirishni ma’qul ko‘radi.
O‘zbekistonning yetakchi mobil aloqa operatori sifatida o‘z abonentlariga keng ko‘lamli xizmatlarni, jumladan, OOKLA ekspertlari tomonidan 2024 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda eng yaxshi deb topilgan yuqori tezlikdagi mobil internet xizmatlarini taklif qilayotgan Ucell kompaniyasi bundan keyin ham ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport sohalaridagi loyihalarni faol qo‘llab-quvvatlab, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter