Ucell kompaniyasi #uydaqoldik tashabbusiga qo‘shildi (foto)

Koronavirus sababli karantin sharoitida bugungi dunyo trendi – masofadan turib ishlash, onlayn ta’lim va axborot resurslariga kirish.
Ucell kompaniyasi ham ushbu #uydaqoldik #sidimdoma tashabbusga qo‘shildi. Kompaniya ofis xodimlarining taxminan uchdan biri masofadan turib ishlashmoqda.
Texniklar, marketologlar, front-ofis operatorlari, call-markaz operatorlari eng yuqori hayot saviyasi har yerda va har bir Ucell abonentiga mavjud bo‘lishi uchun har kuni 24 soat ishlashmoqda.
Ular heshtegni ozgina o‘zgartirib, shunday deyishmoqda: «Uyda qoling! Sidite doma! Biz buning uchun hammasini bajaramiz».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter