Ucell: Kompaniyada o‘ziga yarasha an’ana bor (video)
7 may kuni O‘zbekistonda aloqachilar o‘zlarining kasb bayramini nishonlashadi.
Ushbu sana munosabati bilan Ucell kompaniyasi o‘z xodimlarini tabrikladi. Yil davomida faollik ko‘rsatgan xodimlarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
– Bizning kompaniyamizda o‘ziga yarasha an’ana bor. Bu an’anaga asosan har yili Aloqachilar kuni munosabati bilan kompaniya yutuqlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan xodimlar taqdirlanadi, – deydi Tarmoq nazorati markazi bo‘limi rahbari Shuhrat Begaliyev. – Oxirgi ikki yil davomida pandemiya sabab bu an’anamizni onlayn o‘tkazishga majbur bo‘lyapmiz. Bugun ham ofisdagilarni yig‘ib, ularni tabrikladik. Boshqa xodimlarimizga esa videokonferensiya orqali masofadan qutlov yo‘lladik. Albatta, ularga ham imkon bo‘lishi bilan sovg‘alarini yetkazib beramiz. Fursatdan foydalanib, mamlakatimizning barcha aloqachilarini o‘zim hamda Ucell kompaniyasi nomidan 7 may – Aloqachilar kasb bayrami bilan tabriklayman.
Ushbu soha xodimlari tufayli biz bir-birimizdan uzoqda bo‘lganimizda ham yaqin insonlarimiz bilan muloqotda bo‘lish imkoniga egamiz.
Ularga bu sharafli mehnatlarida kuch-quvvat, zafarlar tilaymiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter