Ucell abonentlarni ogohlikka chaqirdi

Mobil firibgarlik holatlari ko‘payganligi sababli, moliyaviy yo‘qotishlarga uchramasligingiz uchun Ucell ogohlikka chaqirdi.
Mobil firibgarlikning eng keng tarqalgan turlari – abonentning shaxsiy hisobidan pul mablag‘larining noqonuniy tarzda yechilishiga olib keluvchi sxemalardir.
«Mobil firibgarlikning oldini olish uchun, iltimos, hamisha ehtiyotkorlik choralarini ko‘rib yuring:
- Turli yo‘riqnomalarga, so‘rovlarga amal qilishga va/yoki notanish kishilarning ko‘rsatmalari asosida biror ishni bajarishga shoshilmang;
- Shubhali manbalarga ishonmang;
- Olingan ma’lumotga aniqlik kiritish uchun Ucell abonentlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat eting;
- Notanish xorijiy raqamlarga qaytarib qo‘ng‘iroq qilmang;
- O‘zingizning shaxsiy ma’lumotlaringizni (pin-kodlar, tasdiqlash kodlari va boshqalarni) birovlarga bermang» — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter