Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston prezidenti yangi kitob yozdi

Turkmaniston prezidenti yangi kitob yozdi

Foto: «Zolotoy vek»

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi kitob yozdi, asar qahramoni — turkman alabayi (bo‘ribosar it turi)dir, — deb xabar berdi «RIA Novosti».

«Türkmen alabaýy» («Turkman alabayi») nomi ostida chop etilgan kitob hukumat yig‘ilishida taqdim etildi.

«Yangi asarda ming yillardan beri turkmanlarning sodiq yo‘ldoshi bo‘lib kelayotgan ushbu itlarning ahamiyati va xususiyati ochib berilgan. Bugungi yig‘ilish tugashi bilan hamma qatnashchilar kitobdan olishlari mumkin», — dedi Turkmaniston rahbari.

Berdimuhamedov yig‘ilishda alabayga atab o‘zi yozgan she’rni ham o‘qib berdi. Yig‘ilish qatnashchilaridan kitobni o‘qib, o‘z fikrlarini bildirish so‘raldi.

«Turkman alabayi» she’rining ruscha tarjimasi hukumatning «Neytralniy Turkmenistan» rusiyzabon gazetasining shanba soni birinchi sahifasida chop etilgan.

«Alabay»gacha Berdimuhamedov turkman otlari, oshxonasi, gilami, musiqasi, maqollari, sport va harbiy sohaga oid kitoblar ham yozgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring