Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi zilzila keltirgan moddiy zarar 84 mlrd dollarga teng – Bloomberg

Turkiyadagi zilzila keltirgan moddiy zarar 84 mlrd dollarga teng – Bloomberg

Mamlakat ishbilarmonlari guruhi hisob-kitoblariga ko‘ra, 31 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan ikkita kuchli zilzila Turkiya iqtisodiyotiga 84 milliard dollardan ortiq yoki YaIMning taxminan 10 foizi miqdorida zarar keltirdi.

Bloomberg agentligining Turkiya Tadbirkorlar konfederatsiyasi va respublika ishbilarmon doiralari vakillari (Turkonfed) hisob-kitoblaridan keltirishicha, joriy yil 6 fevral kuni sodir bo‘lgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar turar-joy binolariga taxminan 70,8 milliard dollar, milliy daromadga esa yana 10,4 milliard dollar moddiy zarar keltirgan.

Turkonfed, shuningdek, ishchi kuchining yo‘qotilishi Turkiya iqtisodiyotiga 2,9 milliard dollar zarar yetkazishini aytgan.

Bloomberg agentligiga ko‘ra, Turkonfed hisob-kitoblari 1999-yilda Istanbul yaqinida sodir bo‘lgan va 18 mingga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan zilzilalar oqibatlariga asoslangan. Oxirgi vayronagarchilikda qurbonlar soni 1999-yilgi zilziladan ancha oshib ketdi va minglab odamlar bedarak yo‘qolgan.

O‘z navbatida ayrim iqtisodchilar, shu jumladan Barclays Plc, ta’sirni to‘liq baholashga hali erta ekanligini ta’kidlagan.

Hisobotga ko‘ra, Turkiya infratuzilmasi, jumladan, yo‘llar va elektr tarmoqlari, shuningdek, shifoxonalar va maktablarga yetkazilgan zarar mamlakat budjeti taqchilligini bu yilgi yalpi ichki mahsulotning 5,4 foizidan oshib ketishi mumkin, bu esa rasmiy prognozga ko‘ra 3,5 foizni tashkil etadi.

Bloomberg Economics’ning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, tabiiy ofat bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan qayta qurish ishlari YaIMning 5,5 foizini tashkil qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hukumati uy-joy qurilishini bir yil ichida yakunlashini va tabiiy ofatdan yordam sifatida dastlab 100 milliard lira (5,3 milliard dollar) ajratilganini aytgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring