Fohishalikka majburlangan uch o‘zbekistonlik Turkiyadan deport qilindi

Turkiyaning Igdir shahrida odam savdosi, fohishalik va narkojinoyatlarga qarshi o‘tkazilgan operatsiya doirasida chet ellik 107 kishi deportatsiya qilindi. Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor.
Haberler nashrining yozishicha, xorijlik ayollar Igdirdagi ko‘ngilochar maskanlarda fohishalikka majburlab kelingan. Shuningdek, ularning ayrimlari Turkiyada bo‘lish muddati soxtalashtirilgan hujjatlar bilan harakatlanib yurgan.
Operatsiya davomida 25 nafar Ozarbayjon, 78 nafar Eron, 1 nafar Qirg‘iziston va 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan va mamlakatdan deportatsiya qilingan.
Ularni fohishalikka majburlab kelganlikda, pora berish va odam savdosi kabi jinoyatlarda gumonlangan 10 kishi ushlangan. Ularning bir nafari sud nazorati ostida qo‘yib yuborildi, to‘qqiz nafari esa sudga qarori bilan hibsga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter